Biz haqimizda

Tariximiz

O’quv markazimizning paydo bo’lishi va faoliyat boshlashi

«TheWay Education» o’quv markaziga 2016-yil yosh tashabbuskor jamoamiz tomonidan yuqori sifatli ta’limni qulay narxlarda taklif etish maqsadi bilan asos solingan. Markazning fundamental g’oyasi Ingliz tilini o’qitishning tabiiy uslublariga (Natural Learning) asoslangan ravishda tuzilgan. Ta’lim muassasasiga asos solish g’oyasi paydo bo’lishining ilk kunlaridanoq markazimiz faqatgina Ingliz tilini o’qitishga ixtisoslashgan bo’lishi belgilab olindi. Buning sababi oddiy: biz uchun turli yo’nalishlarda o’rtacha sifatga ega bo’lgandan ko’ra birgina yo’nalishda yuqori sifatga erishish afzalroq.

Maqsadimiz

O’z oldimizga qo’ygan maqsan va vazifalarimiz

«TheWay Education» o’quv markazimizning asosiy maqsadi bu jamiyatimiz yoshlarining Ingliz tili bo’yicha bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish orqali yurtimiz ravnaqiga o’z hissamizni qo’shish.

Biz o’z oldimizga sifatli ta’limni hamyonbob narxlarda maksimal darajadagi o’quvchilar soniga yetkazib berishni maqsad qilib qo’yganmiz

Nega aynan biz?

«TheWay Education» markazining boshqalardan afzallik tomonlari

  • Sifat – biz uchun doimo birinchi o’rinda!
  • Biz natija ko’rsatish uchun ishlaymiz!
  • Bizda faqat va faqat jahon tajribasida sinalgan uslublar bo’yicha o’qitiladi!
  • Jamoamiz oliy ma’lumotli va yuqori tajribaga ega o’qituvchilardan tashkil topgan!
  • Siz uchun barcha o’quv darsliklarini BEPUL taqdim etamiz!
  • Biz juda hamyonbob narxlarni taklif etamiz!

O’quv markazimiz erishgan raqamlar

0 O’quvchilar
0 O’quv dasturlari
0 Kunlik muvaffaqiyatli faoliyat
0 Malakali o’qituvchilar

Bizning jamoamiz

Bizning jamoamiz g’ayratli, tashabbuskor va intuluvchan yoshlardan tashkil topgan bo’lib har birimiz yagona maqsad yo’lida bir yoqadan bosh chiqarib yurtimizga hizmat qilishga tayyormiz!
Aziz Ochilov
Ta'sischi

Aziz Ochilov

Ta'lim tizimining rivojlanishi, yurtimizning barcha yo'nalishlarini rivojiga olib kelishiga ishonaman. Istalgan sohada, bu iqtisodiyotmi, tibbiyotmi, sportmi yoki biznesmi, rivojlangan chet el mamlakatlarining tajribasini o'rganish uchun albatta chet tilini bilish muhim ahamiyatga ega. Biz bitta o'quvchiga bo'lsa ham chet tilini mukammal o'rgatib, uni yurtimizga xizmat qiladigan yetuk kadr qilib chiqarsak, o'z maqsadimizga yetgan bo'lamiz!
Timur Begulov
Direktor

Timur Begulov

Bizning asosiy maqsadimiz bu - o'quvchilarimizga kuchli asosli bilim va ko'nikmalar berish. Biz ularni shunday o'qitaylikki, ular bizning markazimizda olgan bilimlarini huddi "ikki kara ikki to'rt" bo'lishini bilganday bilishsin.
Saida Zaynieva
Adminstrator

Saida Zaynieva

O'quv markazimizda ish jarayoni juda tartibli yo'lga qo'yilgani uchun adminstratorlik faoliyatimdagi qiyinchiliklar deyarli sezilmaydi.
Elzara Eminova
O'qituvchi

Elzara Eminova

Mening shiyorim bu - doimiy ravishda o'z ustimda ishlash va professional yuksalishga intilish. Biz o'quvchilarimizni olgan bilimlarini amalda qo'llashga o'rgatamiz.
Tamara Efremova
O'qituvchi

Tamara Efremova

Mening hayotdagi shiyorim - hech qachon erishgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaslik! Doim o'zimga talabchan bo'lish.